Namangan viloyatida huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili: kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari asosida belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar
2025-10-03 16:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatning barcha shahar-tumanlarida boʻlib kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan qizil toifadagi mahallalarida masʼullar tomonidan olib borilayotgan ishlarning natijadorligi oʻrganildi.
Xususan, Ichki ishlar vaziri tomonidan Pop tumanining “Qoʻshminor“ mahallasi hududida joylashgan “Namangan“ muntazam yoʻl-patrul xizmati maskani faoliyati bilan tanishib, shu yerning oʻzida Namangan viloyati IIB va YHXB boshliqlarining Qamchiq dovonida yoʻl transport hodisalarini oldini olish va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi.
Bugungi kunda yuk transport vositalarini notoʻgʻri ekspluatatsiyasi oqibatida sodir etilayotgan ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalarini oldini olish dolzarbligini inobatga olgan holda hududda yuk transport vositalarining xavfsiz harakatini taʼminlash borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi va ushbu yoʻnalishda masʼullarning takliflari tinglandi.
Shuningdek, Qamchiq dovonida harakatlanib kelayotgan haydovchilarni hushyorligini oshirish, yoʻl transport hodisalarini oldini olish va savdo nuqtalarida tartib oʻrnatish maqsadida tashkil etilgan “Hushyorlik maskani“ faoliyati bilan tanishildi. Tuman masʼullari va “Qoʻshminor“ mahallasi yettiligi bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha suhbatlashilib, tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng, ishchi guruh aʼzolari Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegara hududida joylashgan “Pop bojxona chegara posti” faoliyati bilan tanishib, chegara hududlarida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarga yoʻl qoʻymaslik, hushyorlikni oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarining hamkorlikdagi ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi alohida qayd etildi.
Oʻrganishlar davomida Pop, Chust, Kosonsoy tumani ichki ishlar boʻlimlari hamda viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus qabulxona faoliyati oʻrganildi.
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi oʻrganishlar davomida tumanning “Iskovot“ mahallasida joylashgan 63-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan qizlar voleybol toʻgaragi faoliyati hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.
Yangiqoʻrgʻon va Uchqoʻrgʻon tumanlarining Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh hududlaridagi xavfsizlik masalalari oʻrganilib, harbiy xizmatchilar va hudud ichki ishlar xodimlari bilan suhbatlashildi. Oʻrganishlar davomida chegara hududida kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash, noqonuniy tovar aylanmasiga chek qoʻyish hamda xalqaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, mazkur jarayon doirasida Uychi tumanining “Qumtepa” hamda Norin tumanining “Yangi Namangan” (Shoʻrariq) mahallalarida boʻlib, mahalla yettiligi faoliyati chuqur oʻrganildi. Hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar ijrosi batafsil tahlil qilindi.
Bundan tashqari, Uychi tumani IIB boʻlimi faoliyati ham har tomonlama koʻrib chiqilib, masʼul rahbar va xodimlarga jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavfsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi. Shu orqali ichki ishlar organlari xodimlaridan aholiga manzilli yondashuv asosida xizmat koʻrsatish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashda masʼuliyatni oshirish talab etildi.
Respublika ishchi guruhining Namangan viloyatidagi kompleks inspektorlik tekshiruvi yakunlariga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vaziri, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlari hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Yigʻilishda ichki ishlar organlari xizmatining joriy holati, faoliyat samaradorligi, shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi, xizmat intizomi va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar toʻliq tahlil qilindi.
Tadbir jarayonida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, aholi hamda safdoshlari tomonidan alohida eʼtirof etilgan bir guruh xodimlar, jumladan Namangan tumani Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori, Kosonsoy tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Pop tumani Ichki ishlar boʻlimi katta eksperti hamda Yangiqoʻrgʻon tumani Ichki ishlar boʻlimi probatsiya guruhi katta inspektori Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan munosib ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, faoliyati davomida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, JXX YHXB boshligʻining oʻrinbosari, Tezkor-qidiruv xizmatining ikki nafar boʻlim boshliqlari hamda uchta tuman ichki ishlar boʻlimlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.
Inspektorlik tekshiruvi natijalariga koʻra, viloyat hamda tuman-shahar boʻlinmalariga xizmatda foydalanish uchun avtotransport, maxsus texnik vositalar, kompyuter jamlanmalari va xizmatga oid kiyimi va boshqa boshlar ajratilishi taʼkidlandi.
Yigʻilish davomida masʼul shaxslarning axborotlari tinglandi, takliflar koʻrib chiqildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.









