“Qamchiq” dovonida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi
2025-10-02 10:50:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida xavfli yoʻl qismlari hamda avariyalar sodir boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlar oʻrganilib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va salomatligini asrash, shuningdek harakat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shu bilan birga, dovon yoʻlidan harakatlanuvchi yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish maqsadida oʻrnatilgan maxsus tarozilar holati koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati






