Ichki ishlar vazirligi va Maktabgacha hamda maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi
2025-10-02 10:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taʼlim muassasalarida xizmat olib borayotgan inspektor-psixologlarning ish samaradorligini oshirish, xavfsizlikni taʼʼminlash, oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuvda taʼlim tizimida xavfsiz muhitni taʼminlash, bolalar tarbiyasi va huquqiy ongini oshirish borasida hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlab oʻtildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



