Andijon viloyati IIB boshligʻi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot oʻtkazdi
2025-10-01 11:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan viloyat IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot oʻtkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayoti, taʼlim olish jarayonlari, kasbga qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar ham muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, ularning aksariyati shu joyning oʻzida hal etildi.
Ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni sogʻlom hayotiy qarashlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









