Namangan viloyati Pop tumanida IIB rahbariyati boshchiligida navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi
2025-10-01 11:30:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi oʻrganish manzili Pop tumani boʻlib, unda “Anhor” mahallasi hududida xizmatga jalb etilgan xodimlarning tungi faoliyati, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda koʻp qavatli uylar atrofida amalga oshirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari atroflicha oʻrganildi.
Shuningdek, “A.Navoiy” mahallasidagi “Huquq-tartibot maskani” faoliyati koʻzdan kechirilib, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida yoʻlga qoʻyilgan ijobiy tajribalar tahlil qilindi.
Oʻrganishlar davomida hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni tumanning boshqa mahallalarida ham amaliyotga joriy etish, shuningdek kriminogen vaziyatni barqaror saqlash yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, xizmat intizomini mustahkamlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati







