IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli kursantlari va magistratura tinglovchilari bilan navbatdagi onlayn mahorat darsi oʻtkazildi
2024-04-04 23:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 25-avgust kungi 298-son buyrugʻiga asosan, Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Ж.М.Давронов raisligida IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli kursantlari va magistratura tinglovchilari bilan navbatdagi onlayn mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan mashgʻulot davomida Andijon viloyati IIBning bir qator sohaviy xizmatlarining malakali mutaxassis xodimlari tomonidan Akademiya kursantlari va tinglovchilariga bugungi kunda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Mahorat darsi yakunida kursantlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga malakali amaliyotchi xodimlardan javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






