Jizzax viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-09-29 10:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov har yakshanba kuni shaxsiy qabul oʻtkazib, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquq-tartibot sohasiga oid muammolarini bartaraf etish choralarini koʻrmoqda.
Navbatdagi shaxsiy qabulida 30 nafarga yaqin fuqaro bilan muloqot qilindi. Murojaatlarning asosiy qismini qonunbuzarga chora koʻrish, huquqbuzarlik va jinoiy holatlar, shu qatorda ishga joylashish, ishga tiklash, oʻgʻirlik va firibgarlik masalalar tashkil etdi.
Boshqarma boshligʻi ushbu muammolarni hal qilish boʻyicha viloyat ichki ishlar boshqarmasining tergov, jinoyat qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi kabi sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq muddatlar belgilagan holda tegishli topshiriqlar berdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









