Buxoro viloyati IIBda aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
2025-09-29 10:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganib, joyida amaliy yechim topish maqsadida, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, 28-sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshligʻi tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida, fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va ichki ishlar organlari faoliyatiga doir yigirmadan ortiq masalalari yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Muloqot davomida, koʻtarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan boʻlsa, oʻrganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, jamiyatda huquqiy adolatni qaror toptirish hamda muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









