Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida minifutbol boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi
2025-09-29 10:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025-yilning 20-26-sentyabr kunlari Termiz shahridagi Alpomish oʻyingohida minifutbol boʻyicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat oʻtayotgan xodimlar oʻrtasida viloyat birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.
Ushbu musobaqada Surxondaryo viloyatida xizmat oʻtayotgan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati, Bojxona, IIB Qoʻriqlash, Favqulodda vaziyatlar, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari, DXX Chegara qoʻshinlari operativ qoʻmondonligi va 9-son Tergov hibsxonasi xodimlaridan iborat jami 11ta ta terma jamoadan jami 88 nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa murosasiz bahslarga boy boʻlib, natijalarga koʻra 1 oʻrinni Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi, 2 oʻrinni viloyat bojxona boshqarmasi terma jamoasi, 3 oʻrinni DXX Chegara qoʻshinlari operativ qoʻmondonligi terma jamoalari qoʻlga kiritishdi.
Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanib, sovgʻalar viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Zavkiddin Xujanov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shu oʻrinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan kurash, erkin kurash, dzyudo, qoʻl jangi, triatlon, futbol, yunon-rum kurashi, kombat aykido, voleybol toʻgaraklarida hozirgi kunda jami 427 nafar oʻsmirlar muntazam shugʻullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib oʻrinlarni egallashmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









