Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari tomonidan Termiz shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarning tungi faoliyati oʻrganildi
2025-09-29 01:30:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Joʻrabek Avazov tomonidan Termiz shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, yoʻl transport hodisalarining barvaqt oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishish hamda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat faoliyati oʻrganildi.
Termiz shahridagi “Bogʻishamol” mahallada tashkil etilgan “102” huquq tartibot maskani faoliyati bilan tanishilib, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi koʻp toʻplanadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli oʻtkazish, Movaro massividagi “24/7 xizmat koʻrsatish” koʻchasida jamoat tartibini saqlash uchun ajratilgan, kuch vositalar, fuqarolar hamda sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar oʻrganilib, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar yuzasidan qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.
Shuningdek, ushbu mahallada qad rostlayotgan koʻp qavatli binolar va ularning xavfsizlik choralarini taʼminlash borasidagi loyihalar bilan tanishildi.









