IIV Malaka oshirish institutining Olmaliq oʻquv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi boʻlib oʻtmoqda
2025-09-28 12:20:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq oʻquv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi “mutaxassislik” va “ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilmoqda.
Oʻquv dasturlariga kiritilgan mavzular boʻyicha tinglovchilarning bilimi tekshirilmoqda.
“Yoʻl-patrul faoliyati”, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha tinglovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Kodekslar, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va koʻrsatmalaridan kelib chiqqan holda tuzilgan savollarga ogʻzaki shaklda javob bermoqdalar.
Shuningdek, tinglovchilar turli xil vaziyatlarda sodir boʻladigan muammoli vaziyatlar borasidagi bilimlarini ham namoyon etyaptilar.
IIV Malaka oshirish instituti









