IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarda “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi” koʻrik tanlovi oʻtkazildi
2025-09-28 12:25:00 / Yangiliklar

Mazkur koʻrik-tanlov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi PQ-10-son qarori va Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-mart kunidagi 121-son buyrugʻi ijrosi yuzasidan, hamda Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, harbiy qismlar va boʻlinmalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, shaxsiy tarkib orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda qoʻshin safida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi harbiy xizmatchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Navoiy, Zarafshon, Buxoro va Qarshi shahridagi qoʻshinga qarashli 7532, 7551, 7536 va 7533-harbiy qismlarda tashkillashtirilgan — ushbu tanlovlar adolatli va shaffof tarzda tashkil etilib, unda harbiy qismlar tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimlari harbiy xizmatchilari oʻzaro bellashdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar quyidagi shartlarga koʻra :
-xizmat faoliyatini baholashga qaratilgan mezonlar boʻyicha;
-bilim darajasini aniqlashga qaratilgan test;
-ogʻzaki savol javob;
-badiiy adabiyotlar mazmunini soʻzlab berish;
-jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlash, hamda yakka tartibdagi suhbat kabi shartlar boʻyicha sinovlarni topshirdilar.
Tanlovning yakuniy natijalarga boʻyicha sovrindor boʻlgan barcha harbiy xizmatchilar qoʻshin qoʻmondonligi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi






