IIV ishchi guruhi tashabbusi bilan Andijon davlat universitetida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
2025-09-26 11:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi tashabbusi bilan Andijon davlat universitetida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga mavzuga oid tayyorlangan ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boʻlim boshligʻi D.Xudoyberganova tomonidan xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarning oldini olish yoʻllari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari N. Moʻminova tomonidan ham ishtirokchilarga tazyiq va zoʻravonlik tushunchasi, uning turlari, koʻrinishlari hamda ularning ijtimoiy-psixologik oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar yetkazildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarning mavzuga oid taklif va tashabbuslari tinglandi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari va maktablarga psixologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni biriktirish, tuman markazlarida psixologik markazlar tashkil etish kabi dolzarb va amaliy tashabbuslar ilgari surildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









