IIV Malaka oshirish institutida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi
2025-09-25 16:25:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “IIOning Barcha darajadagi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻining oʻrinbosari lavozimga tayinlash uchun“, “podpolkovnik“ hamda “mayor“ maxsus unvonini berish uchun malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bagʻishlangan navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda, tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxoʻrlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng, “Nafsning soʻnggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati






