Ichki ishlar vazirligi rahbariyati “Dolzarb 20 kun” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Navoiy viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-09-25 10:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov Navoiy viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati yaqindan koʻzdan kechirilib, xodimlariga transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan vokzal ishchilari, yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼul xodimlarga koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan Navoiy viloyati hududlarida yoʻlovchi poyezdlar orqali mamlakatimizga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlar hamda chet el turist fuqarolarining sayyohlik namoyishi obyektlari hududlariga eltuvchi poyezdlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va sayyohlarning mamnun kayfiyati, yuzaga kelgan muammolarda boshqarma xodimlarining tezkorlik bilan hal etilishi borasida bir qator koʻrsatmalar berildi.






