Navoiy viloyat IIB rahbariyati “Dolzarb 20 kun“ tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Nurota tumanida boʻldi
2025-09-24 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining Nurota tumanida olib borgan oʻrganishlari davomida aholini kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazishi uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda hududda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Dastlab, tuman IIB YHXGda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan suhbatlashilib, “Dolzarb 20 kun“ tezkor profilaktik tadbirlari doirasida mavjud masalalar boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda hududgaz AJda tungi navbatchi xodimlar faoliyati hamda zaxira xom ashyolarining mavjudligi oʻrganildi.
Bundan tashqari ishchi guruh tomonidan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tuman tibbiyot birlashmasining zarur issiqlik tizimlari va qozonxonalari koʻzdan kechirilib mavsumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha bir qator koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Masʼullar tuman IIBda boʻlib navbatchilik qismi va tezkor tergov guruhi tarkibi bilan suhbatlashdi.
Aholi tomonidan boʻlgan chaqiruv payti eʼtibor qaratilishi lozim jihatlar, jumladan sergaklik va tezkorlikni yoʻqotmaslik lozimligi taʼkidlandi.
Bu kabi oʻrganishlar hududlar boʻylab davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






