Andijonda “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tungi yoʻriqnoma oʻtkazildi
2025-09-23 20:40:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 22-sentyabr kuni “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida Andijon shahri hududida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan tungi xizmat oldi yoʻriqnoma boʻlib oʻtdi.
Yoʻriqnomada xizmatga jalb etiladigan shaxsiy tarkib oldiga aniq vazifalar qoʻyilib, har bir xodimning javobgarligi va samarali faoliyat yuritishi yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tadbir doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, mahallalarda fuqarolarning xavfsiz va tinch hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shundan soʻng vazirlik rahbariyati aholi gavjum boʻlgan savdo majmualari, koʻngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat obyektlarida tun-u kungi qoʻriqlash xizmati hamda jamoat xavfsizligi borasida tashkil qilingan ishlar koʻzdan kechirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






