Guliston davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-09-23 11:15:00 / Yangiliklar

Guliston Davlat universitetida Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Farux Xaydarovlarning yosh talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot avvalida Guliston Davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev kirish nutqi bilan mazkur uchrashuvdan koʻzlangan maqsad yuzasidan talabalarga tushuntirish berdi.
Tashkil etilgan muloqotda universitet faol talabalari,yoshlar ittifoqi koordinatorlari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari rahbarlarga oʻz taklif va tashabbuslarini bildirdi.
Xususan yoshlar taʼlim, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik, iqtisodiyot yoʻnalishidagi qator innovatsion gʻoyalarini, start-tup loyihalarini hayotga tatbiq etishda amaliy koʻmak soʻrashdi hamda oʻzlarining taklif va tashabbuslari bilan yuzlanishdi.
Uchrashuv davomida ilgari surilgan loyihalar rahbarlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Yoshlarning har bir taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati








