Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan Respublikamiz hududida oʻtkazilayotgan “Dolzarb 10 kunlik tadbiri” doirasida xizmat oldi yoʻriqnoma tashkil etildi
2025-09-22 11:35:00 / Yangiliklar

Respublikamiz hududida oʻtkazilayotgan “Dolzarb 10 kunlik tadbiri” doirasida jamoat tartibini taʼminlash, fuqarolar xavfsizligini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oldi yigʻini oʻtkazildi.
Unda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari Umid Nurullayev tadbirning maqsad va vazifalari yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
U oʻz nutqida ushbu 10 kunlik tadbirning asosiy maqsadi — aholi orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, profilaktik suhbatlar oʻtkazish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, hamda jamoat tartibini taʼminlashda tizimli yondashuvni taʼminlashdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibdan xizmatni sidqidildan, yuksak masʼuliyat va intizom bilan bajarish, qonunlarga qatʼiy rioya qilish, aholi bilan muloqotda hurmat va samimiylikni saqlash talab etilishi alohida qayd etildi. Xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ushbu tadbir davomida birdamlik va muvofiqlikda ish yuritish lozimligi taʼkidlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati


