Fargʻona viloyat IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-09-22 10:40:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar oʻtkazildi.
Qabul davomida 62 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 16 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 46 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha masʼullariga alohida vazifalar yuklatildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





