Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Andijon shahrida xodimlarning aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi xizmat faoliyati oʻrganildi
2025-09-21 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Andijon shahridagi oʻrganish ishlari Navbahor mahallasidagi “NAVRUZ MALL” savdo majmuasida koʻp sonli fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshlandi.
Savdo majmuasida xavfsizlikni taʼminlashga jalb etilgan xodimlar bilan suhbat olib borilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Keyingi manzil Mustaqillik mahallasida joylashgan “Bolalar istirohat bogʻi“ boʻldi. Bu joyda ham jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xodimlarga qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Oʻrikzor mahallasida joylashgan “Eko-park“da fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun jalb qilingan xodimlarga ham tegishli topshiriqlar berilib, xizmatni vijdonan tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Nodirabegim mahallasidagi savdo doʻkonlari egalari bilan suhbatlashilib, mahallani raqamlashtirish ahvoli oʻrganildi hamda “ijtimoiy profilaktik“ tadbirlarni manzilli oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Sogʻlom avlod mahallasida ham xavfsiz muhitni taʼminlash borasidagi ishlar ahvoli oʻrganilib, mahalla hududida joylashgan “ISSIQLIK TAʼMINOTI“ MCHJ masʼullari bilan suhbatlashildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar ahvoli oʻrganilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ushbu mahalladagi 13-maktab hududining tungi vaqtda xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari oʻrganilib, oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan koʻrsatmalar yetkazildi.
Bundan tashqari, Andijon shahrida xizmat olib borayotgan qoʻriqlash xizmatining tungi faoliyati, xabar boʻyicha kuch-vositalarning belgilangan vaqtda yetib kelishi oʻrganildi hamda qoʻshimcha obyekt va xonadonlarni qoʻriqlovga olish boʻyicha masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









