Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Yakkabogʻ tumanida oʻrganishlar olib borildi
2025-09-21 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Yakkabogʻ tumanidagi “Jambul” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiliklari, koʻcha boshilari hamda tungi xizmatga jalb qilingan shaxslar bilan suhbat oʻtkazdi.
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini taʼminlash, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida eʼtibor qaratish masalalari muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng, hududdagi savdo doʻkonlari faoliyati va xavfsizlik choralari, jumladan kuzatuv kameralarining ishlash holati koʻzdan kechirilib, xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan masʼullarga kerakli koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganish davomida viloyat IIB boshligʻi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan huquq-tartibot maskanida boʻlib, ushbu maskanda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi.
Mahalla hududida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va yoshlarni sogʻlom muhitda tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar yuklatildi.
Soʻngra, tumandagi “Gʻozli” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan jamoatchilik maskani faoliyati bilan tanishildi.
Ushbu maskanga jalb qilingan fidokor yoshlar hamda tungi xizmat xodimlariga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallada osoyishtalikni taʼminlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati






