Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2025-09-20 20:25:00 / Yangiliklar
Joriy yil 16-18-sentyabr kunlari Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, polkovnik A.Raxmatullayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Lyanyungan shahrida boʻlib oʻtgan “Global jamoat xavfsizligini birgalikda shakllantirish: turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish” mavzusidagi global hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Ushbu tadbirga dunyoning 120 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotdan vakillar tashrif buyurdi. Forumda ishtirokchilar xavfsizlikning asosiy tahdidlari: transchegaraviy jinoyatchilikka, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, odam savdosi, kontrabanda, kiberjinoyatchilik va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, tashrif davomida delegatsiya aʼzolari “Dunyoda transmilliy va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik bilan bogʻliq vaziyat, ularga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi” mavzusidagi kichik forumda va “Jamoat xavfsizligi texnologiyalari va jihozlari” koʻrgazmasida ishtirok etdilar.


