Samarqand davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi
2025-09-20 14:50:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Toxir Aripov ishtirokida oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida, yurtimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakat rivojiga ularning qoʻshayotgan hissasi, bugungi yoshlarning yanada tashabbuskor va fidoiy boʻlishi lozimligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushmasligi hamda giyohvandlik va psixotrop moddalari muomalasi bilan bogʻliq salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik lozimligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida aʼlo baholarga oʻqiyotgan hamda oʻz tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh talaba-yoshlarga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan koʻmak beruvchi “Qalqon” jamoasi aʼzolariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda yoshlar bilan ishlash borasida kelgusidagi rejalar belgilanib, ular tomonidan ilgari surilgan ilgʻor taklif va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









