Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-09-20 12:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish shuningdek, metropoliten hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, Yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlgan bekatlarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bekatlarga kirish tartibi, yoʻlovchilarning harakatlanishi, tigʻizliklarda tartib saqlash ishlari nazorat qilinishi, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash, videokuzatuv, metall detektorlar va boshqa xavfsizlik vositalarini toʻgʻri hamda unumli foydalanish, yoʻlovchilar ishonchini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish kerakligi, Favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Xodimlar malakasini oshirish boʻyicha doimiy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish borasida masʼul xodimlariga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosidagi yangidan barpo etilgan situatsion tahlili markazining metro bekatlariga oʻrnatilgan video kuzatuv kameralari orqali kelib tushayotgan xabarlarni aniqlash tezkorlik bilan ularni bartaraf etish platformadagi shubhali fuqarolarning xatti-harakatlari kuzatilib, ular profayling qilib borish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilib , xodimlarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirildi,
Soʻngra Metropoliten binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib masʼullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va belgilangan standartlarga muvofiq amalga oshirish, xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etish hamda sifatga alohida eʼtibor berish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi





