Namanganda “Xavfsiz hudud — dolzarb 10 kunligi” doirasida tungi xizmat oʻrganildi
2025-09-20 11:50:00 / Yangiliklar

Namangan viloyatida “Xavfsiz hudud — dolzarb 10 kunligi” profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari kunu tun xizmat olib bormoqda.
IIV va viloyat IIB rahbariyati tomonidan Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish, qonuniylik, masʼuliyat va hushyorlikni kuchaytirish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va odob-axloq qoidalariga amal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, Namangan shahar va Yangi Namangan tumanlarida tungi xizmat faoliyati oʻrganildi. Xususan, “Huquq-tartibot maskanlari”, istirohat bogʻi, “Chorsu” bozori hamda talabalar yotoqxonalarida xavfsizlik choralari tekshirildi. Jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan ham xodimlarga aniq koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









