Fargʻona viloyatida “Xavfsiz shahar” tizimlari yagona apparat-dasturiy platformasidan foydalanish boʻyicha oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi
2025-09-19 20:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona viloyatida yagona apparat-dasturiy platforma ishga tushirilgan boʻlib, mazkur platforma barcha videokuzatuv tizimlarini yagona markazda boshqarish imkonini beradi. Endilikda viloyatdagi koʻchalar, maydonlar, ijtimoiy obyektlar hamda muhim hududlarda oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali kelayotgan barcha maʼlumotlar Tezkor boshqaruv markaziga uzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, “Xavfsiz shahar” markazi mutaxassislari Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlariga maxsus oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazdilar. Seminar davomida tizimdan samarali foydalanish, tezkor boshqaruv, maʼlumotlarni qayta ishlash va integratsiya jarayonlari yuzasidan batafsil koʻrsatmalar berildi.
Tashkil etilayotgan ushbu oʻquv seminaridan koʻzlangan maqsad – yagona apparat-dasturiy platforma boʻyicha Ichki ishlar organlari xodimlari salohiyatini yanada oshirish va xavfsiz muhitni taʼminlash hisoblanadi.



