Qashqadaryo viloyati IIB ishchi guruh tomonidan Koson tumanida o‘rganishlar olib borildi
2025-09-18 09:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tuman IIB va tumanlararo PPX guruhi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahallasidagi Mustaqillik va Alisher Navoiy ko‘chalari hamda “Yoshlar” istirohat bog‘ida jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyati o‘rganildi.
Tungi xizmat xodimlariga boshqarma boshlig‘i tomonidan ko‘cha va jamoat joylarida tartibni saqlash, osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatlarni oldini olish, qonunbuzarliklarni bartaraf etish borasida yo‘riqnoma o‘tgach, ular xizmatga kirishdi.
Navbatdagi manzil tumandagi kriminogen vaziyati murakkab “Mashʼal” mahallasida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazilib, maskanning qo‘riqlov pultiga ulanganligi tekshirildi hamda aholi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Aholi eng gavjum tuplanadigan “Regzor” mahallasida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i hududdagi choyxonaning tungi faoliyati va choyxonada tashkil etilgan xavfsizlik choralari bilan tanishib, o‘rnatilgan tashvish tugmasidan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Shundan so‘ng, ushbu mahallada joylashgan “Kamol” savdo do‘konidagi xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi. Do‘konni qo‘riqlovga topshirish bo‘yicha tavsiya berildi.
O‘rganish davomida «Hududiy elektr tarmoqlari» Aksionerlik jamiyatining Koson filiali tungi xizmat faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va ular bo‘yicha o‘z vaqtida naryadlarni yuborilishi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, masʼullar biriktirildi.
“Agrobank” Koson tumani filialida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i bu yerda xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining tungi faoliyatini o‘rgandi va xavfsizlik choralarini kuchaytirish va mustahkamlash bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








