Buxoro viloyati IIB rahbariyati tomonidan Buxoro shahrida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyati o‘rganildi
2025-09-18 09:00:00 / Yangiliklar

Buxoroda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi munosabati bilan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i mazkur tadbirda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Biyennale” shaharning «Imom Buxoriy» mahallasida joylashgan «Xo‘ja Nurobod», «Haqiqat» va «Mehtar Anbar 24/7» tarixiy-madaniy turizm ko‘chalarida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ko‘plab fuqarolar, asosan yoshlar ishtirok etayotganligi sababli, ularning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Hududlarda o‘rnatilgan zamonaviy videokuzatuv vositalari, tezkor aloqa va xizmat transporti holati ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jamoat tartibi va xavfsizlikni samarali nazorat qilish maqsadida dronlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Havo kuzatuvi orqali gavjum joylar, festival hududi va unga kirib-chiqish nuqtalarida tartib buzilishining oldini olishga eʼtibor qaratildi.
Fuqarolar va sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish, tartib buzilishining oldini olish, profilaktika va tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish masalalarida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









