Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-09-15 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni vakolat doirasida ijobiy hal etish xalq farovonligi va osoyishtaligini saqlashda muhim vazifa hisoblanadi.
Shu boisdan yurtimizdagi barcha ichki ishlar idoralari tomonidan har hafta fuqarolar qabuli oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan Toshkent shahar IIBB boshligʻining shaxsiy qabuli bosh boshqarma binosida tashkil etildi.
Unda 43 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning turli mazmundagi murojaatlari koʻrib chiqildi. Ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yana 10 tasi boʻyicha malakali huquqiy tavsiyalar berildi.
21 ta murojaatlarni oʻrganish chogʻida undagi muammo sabablarini oʻrganish qoʻshimcha vaqt talab qilganligi bois ijro muddati oʻrnatilib, tekshiruvlar yakuni boʻyicha tayyorlangan xulosa toʻgʻrisida murojaatchiga yozma maʼlumot berilishi belgilanib nazoratga olindi.
Qabul davomida oʻrganilgan 43 nafar fuqarolarning murojaatlari mazmuniga koʻra: 16 tasi surishtiruv va tergov harakatlari, 7 tasi mol-mulk va pul mablagʻlarini undirish, 6 ta murojaat ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash, 2 tasi esa kadrlarga oid boshqa masalalar, 4 nafar fuqarolar svetofor va yoʻl belgilarini oʻrnatish boʻyicha murojaat qilishdi.
Bundan tashqari murojaatlarning 2 tasi oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklar va ijtimoiy masalada yordam koʻrsatish, 4 tasi esa ichki ishlar xodimlari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni tashkil etdi.
Bunday qabullar davlat idoralari va xalq oʻrtasidagi ishonchning yanada mustahkamlanishida koʻprik vazifasini oʻtab kelmoqda hamda IIOlari va fuqarolarning oʻzaro hamkorliklarini kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati









