Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-09-14 11:55:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslarning muammolariga hamda murojaatlariga yechim topish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolar oʻzlarining buzilgan huquqlari shuningdek Ichki ishlar organlariga bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda murojaatchilarning muammolari shaxsan vazir tomonidan tinglanib, koʻpchilik murojaatlar shu joyning oʻzida yechim topgan boʻlsa, oʻrganish ishlari va vaqt talab qilinadigan murojaatlar boʻyicha arizalar qabul qilinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan muddatlar belgilanib tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati





