Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhit yaratishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2025-09-13 19:45:00 / Yangiliklar

Qoraoʻzak tumani hududida 8 oy davomida yuz bergan jinoyatchilikning holati hamda mahalla yettiligi tomonidan bu boradagi ishlarning samaradorlikni oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-1-son qarori yuzasidan Qoraoʻzak tumani hokimligida majlis oʻtkazildi.
Yigʻilishni Qoraoʻzak tumani hokimi Anvar Baymuratov ochib berdi. Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov soʻzga chiqib, tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash yuz berishi mumkin boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni erta oldini olish shuningdek ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish boʻyicha mahalla yettiligiga vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilish yakunida bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati




