Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida oʻtkazilgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi
2025-09-13 19:00:00 / Yangiliklar

Toshkent xalqaro aeroportida jamoa aʼzolari tantanali tarzda kutib olindi. 8 — 11-sentyabr kunlari “Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi va Markaziy Osiyo Ichki ishlar vazirligi maxsus kuchlari mahorati” boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada jamoalar 7 ta bosqichdan iborat boʻlgan shartlar boʻyicha bellashdilar.
Musobaqa natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar vazirligi” terma jamoasi “Jangovar yordam”, “Keskin vaziyatda merganlar oʻt ochish”, “Ishgʻol qilish vaqtida qoʻlga olish” bosqichida faxrli 3-oʻrinlarni egalladi.
Shuningdek, “Jangchilar erkin kurash bellashuvi” bosqichida bir nafar vakilimiz uchinchi oʻrinni egallangan boʻlsa ikki nafari ikkinchi va uch nafari birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
“Jangchilar qoʻl jangi bellashuvi turi boʻyicha” qoʻlga kiritilgan uchta uchinchi va bitta birinchi oʻrinlar umumjamoa hisobida musobaqani uchinchi oʻrinda yakunlashimizga katta hissa qoʻshdi.
Shuningdek Qoʻshnilarimiz Qozogʻiston Respublikasi terma jamoasiga ikkinchi oʻrin nasib etgan boʻlsa birinchi oʻrin mezbonlarda qoldi.



