IIV Malaka oshirish institutida tinglovchilar qasamyod qabul qildi
2025-09-12 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 2025/2026 oʻquv yilida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat qasamyodini tantanali qabul qildilar.
Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Umidbek Nurullayev soʻzga chiqib, professional va xalqchil ichki ishlar organlari xodimlarini shakllantirish, xizmat nufuzini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, keyingi yillarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutlaqo yangicha tizim yaratilgani haqida gapirdi.
Shu bilan birga qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusidagi oʻqishlarida, xizmat faoliyatida muvaffaqiyat hamda ichki ishlar organi xodimi degan nomga munosib boʻlishi va kelajakda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek masʼuliyatli ishida omad tiladi.
IIV Malaka oshirish instituti









