Namangan viloyati IIB rahbariyatining Davlatobod tumani fuqarolari uchun sayyor qabuli oʻtkazildi
2025-09-12 09:00:00 / Yangiliklar

Davlatobod tumanining “Gulobod” mahallasida joylashgan “Madaniyat markazi”da boʻlib oʻtgan qabul davomida 18 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





