Fargʻona viloyati Furqat tumanida jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
2025-09-10 21:50:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning ariza va shikoyatlarni muloqot orqali har tomonlama oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida belgilangan jadval asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan joylarda ommaviy hamda sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
General-mayor Azizbek Ikramov tomonidan Furqat tumanida oʻtkazilgan ana shunday tadbirda 20 nafar fuqarolarning turli masalalardagi 20 murojaatlar qabul qilindi.
Masalalarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 14 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olindi hamda soha masʼullariga alohida vazifalar yuklatildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati









