Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-09-09 09:00:00 / Yangiliklar

Unda mutasaddi rahbarlar, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, hududlarga biriktirilgan IIV akademiyasi masʼullari va boshqalar qatnashdi.
Ishchan ruhda oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.
Soʻzga chiqqanlar qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar mahallalarning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu boradagi ishlarni hamjihatlikda tashkil etishda dolzarb ahamiyat kasb etganini taʼkidlab oʻtishdi.
Yigʻilishda qaror asosida ishlab chiqilgan “yoʻl xarita”lar ijrosi tahliliy ruhda koʻrib chiqildi. Yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar aytib oʻtilib, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilik omillarini kamaytirish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish va boshqa muhim yoʻnalishlar yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati



