Buxoro viloyati IIBda aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
2025-09-07 19:40:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan “Xalqni rozi qilish!” yoʻlida barcha rahbarlar birdek harakat qilishi, xalq dardini oʻz dardi kabi his etib faoliyat olib borishi asosiy vazifa etib belgilangan.
Ayni shu maqsadda bugun 07-sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida oʻttizdan ortiq fuqarolar oʻzlarining tergov - surishtiruv, yoʻl harakati xavfsizligi, moddiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul-oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Muloqot davomida koʻtarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan boʻlsa, oʻrganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berilib ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlariga bevosita yechim topish, ularning muammolarini tezkor hal qilishga xizmat qiladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









