Andijon viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-09-07 19:20:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida bugun 7-sentyabr kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida viloyatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar ichki ishlar organlari faoliyatiga oid koʻplab masalalar bilan murojaatlar qilishdi. Fuqarolardan kelib tushgan har bir murojaat sinchkovlik bilan oʻrganilib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etiladigan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bu kabi shaxsiy qabullar fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









