Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolar muammolari hal etildi
2025-09-06 09:00:00 / Yangiliklar

Odamlarning turmush darajasini yaxshilash, ularning hayotida uchraydigan muammolarini bartaraf etish bugun rahbarlarning asosiy vazifalaridan biridir. Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar ana shu maqsad yoʻlida xizmat qilmoqda.
Ishtixon tumanida viloyat hokimi boshchiligida barcha idoralar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi.
Sayyor qabul doirasida viloyat IIB boshligʻi general mayor Toxir Aripov tomonidan ichki ishlar organlariga oid bir qator murojaatlar koʻrib chiqildi.
Unda fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, tergovga qadar tekshiruv va tergov sohasidagi muammoli masalalar, kiberjinoyatlardan jabrlanish holatlari, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va ichki ishlar organlari xizmatiga kirish qilish bilan bogʻliq murojaatlar yoʻllandi.
Yoʻllangan murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Yechimi muddat talab etadigan bir qancha murojaatlar tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi va baʼzilariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Boshqarma boshligʻi tomonidan murojaatlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish va ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati






