Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2025-09-06 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat ichki ishlar organlarining barcha ekspert-kriminalistlari ishtirok etib, oʻz bilim va mahoratini namoyish qildi.
Koʻrik tanlov ekspert-kriminalistika faoliyati yoʻnalishida yakka tartibdagi suhbat, ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari, kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini toʻliqsiz qismlarga ajratish, yigʻish sinovlari, bosqichlarida oʻtkazildi.
Tanlovda baholash natijalariga koʻra, 1-oʻrinni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi Biometrik identifikatsiya qilish guruhi bosh eksperti kapitan Madaminov Mirjalol, 2-oʻrinni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi Biometrik identifikatsiya qilish guruhi katta eksperti katta leytenant Umarova Dilbarxon hamda 3-oʻrinni Boʻston tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Abdurahmonov Muhammadjonlar egalladilar.
Hududiy saralash bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlar endi Respublikada boʻlib oʻtadigan koʻrik tanlovda ishtirok etishadi.
Mazkur tanlov ekspert-kriminalistlar bilim va malakasini oshirish, sogʻlom raqobatni shakllantirish hamda sohada malakali kadrlar safini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






