Andijonda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi
2025-09-06 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIBning 2025-yil 5-avgust kunidagi tegishli buyrugʻiga asosan joriy yilning 3-sentyabr kuni shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda 16 nafar xodim ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik sinovida toʻsinda tortilish, 100 metr va 1 000 metr masofaga yugurish shartlarini bajarishdi.
Shundan soʻng, “Makarov” pistoletini toʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, “Makarov” pistoletidan 50 metr masofaga otish mashqlari bajarildi.
Yana bir shartda xodimlar test savollari orqali oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Psixologik sinovdan oʻtgan ishtirokchilar bilan tanlov yakunida komissiya aʼzolari tomonidan suhbat oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, birinchi oʻrinni egallagan xodim tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









