Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida yangidan qurilgan Huquq-tartibot maskani foydalanishga topshirildi
2025-09-06 09:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda istiqlolimizning 34-yilligi bayrami shukuhi kezib yurgan shu kezlarda bir qator yangi binolar qurib foydalanishga topshirilmoqda.
Jumladan, Koʻkdala tuman ichki ishlar boʻlimi 1-sonli Huquq-tartibot maskani yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgani fuqarolarga bayram sovgʻasi boʻldi.
Tumandagi “Chuvilloq” mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan 1-sonli “Mahalla huquq-tartibot maskani” “Toʻqmor, “Suvliq”, “Annaruz” “Qumdaryo” mahallalaridagi 6158 ta xonadonda 7623 ta oilalar tarkibidagi 36587 nafar fuqarolarga xizmat koʻrsatadi.
Huquq-tartibot maskanida, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori, surishtiruvchi, tezkor vakil, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, qoʻriqlash xizmati, probatsiya guruhi, Patrul-post va yoʻl-patrul xizmati hamda profilaktika bosh inspektori uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Biriktirilgan mahallalarda 13 nafar shaxsiy tarkibdan iborat ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklarga barham berish, kriminogen vaziyatni jilovlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish, uzoq muddatga ishlash uchun xorijga ketganlar, muntazam spirtli ichimlik ichuvchilar hamda giyohvand moddalar isteʼmol qiluvchi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshiradilar.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





