Navoiy viloyati IIB tomonidan Navoiy shahar hududida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2025-09-05 11:45:00 / Yangiliklar

Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida koʻplab targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan zararli odatlarga ruju qoʻyish va jahlga erk berish oqibatida salbiy holatlarning sodir etilish holatlari uchrab turibdi.
Navoiy shahar “Zarafshon” mahallasida sodir etilgan yana bir jinoyat sabab mutasaddilar ishtirokida muhokama yigʻilishi tashkil etildi. Voqea keng jamoatchilik bilan muhokama etilib, uning kelib chiqish sabab va omillari xususida suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla hududida kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, bunda atrof-muhitga nisbatan loqayd va eʼtiborsiz boʻlmaslik lozimligi taʼkidlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati




