Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda Mustaqillikning 34-yilligiga bagʻishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi
2025-09-04 23:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda oʻqituvchilar, harbiy xizmatchilar, oʻquvchilar, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov ochib berib, yigʻilganlarni “Mustaqillikning 34-yilligi” hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan tabriklab, oʻquvchi yoshlarga kelgusi oʻqishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan soʻng litsey majlislar zalida oʻquvchi yoshlarga 2025-2026 yangi oʻquv yilida “Mustaqillik darsi” «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! shiori ostida oʻtkazildi. Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyiga oʻqishga qabul qilingan ota-onalar litseyda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIB Axborot xizmati






