Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida Mustaqilligimizning 34-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2025-09-04 16:25:00 / Yangiliklar

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir yurtga boʻlgan sadoqat, milliy qadriyatlarga ehtirom va fidoyilik gʻoyalarini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich ochib, yigʻilganlarni mustaqilligimizning 34-yilligi bilan qutladi va xodimlarga mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik ortida koʻplab huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining mehnati turganligini, tunu kun xizmat qilayotgan xodimlar oʻz xizmatiga sidqidildan yondashayotgani, hattoki, davlatimiz rahbari tomonidan alohida eʼtirof etilayotgani taʼkidlab oʻtdilar.
Tabrik nutqidan soʻng, Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yoʻlidagi koʻp yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olishdagi samarali mehnatlari, shuningdek, xizmat burchini bajarishda koʻrsatgan mardlik va jasorati uchun bir guruh xodimlar mukofotlanib, uzoq yillar davomida vatan tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilgan xodimlar nafaqaga kuzatildi.
Tadbir yakunida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari barcha shaxsiy tarkibni va mukofotlanganlarni yana bir bor tabriklab, ushbu eʼtiroflar xodimlarning kelgusi xizmatlarini yanada shijoat bilan davom ettirishlariga katta turtki boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.


