Ichki ishlar vaziriligi rahbariyati Fargʻona viloyati IIB “Qoʻriqlash” boshqarmasiga tashrif buyurdi
2025-09-03 11:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida boshqarmada amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat samaradorligini oshirish va aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻllanilayotgan innovatsion yondashuvlar oʻrganib chiqildi.
Shuningdek, kelgusida belgilangan rejalar va ustuvor yoʻnalishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Uchrashuv jarayonida “Qoʻriqlash” boshqarmasi boshligʻi tomonidan Margʻilon shahri hamda boshqa hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maxsus taqdimot oʻtkazildi.
Unda jinoyatchilikning oldini olish, aholining mulkiy xavfsizligini taʼminlash, yangi texnik vositalardan samarali foydalanish, shuningdek, xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar keng yoritib berildi.
Uchrashuv yakunida masʼul rahbarlar tomonidan tizimdagi ishlar samaradorligini oshirish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish va xizmat faoliyatini yanada zamonaviy talablar asosida yoʻlga qoʻyish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati


