Xorazm viloyati IIB rahbariyati “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi
2025-09-03 09:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Xorazm viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov ishtirok etdi.
660 oʻquvchi oʻrniga ega mazkur maktab binosi 10 mlrd 600 mln mablagʻ sarflanib, qisqa muddatda qurilib, yangi oʻquv yilida foydalanishga topshirildi.
Qurilish ishlarini qisqa muddatda, sifatli qilib bajargan qurilish korxonasi rahbariga minnatdorchilik ramzi sifatida, milliy toʻn kiydirilib, qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi.
Shundan keyin, mahalladagi nuroniy otaxonlar va keksa pedagog faxriylar ishtirokida ramziy lenta kesilib, oʻquvchilar shinam sinf xonalariga taklif etildi.
Xorazm viloyati IIB boshligʻi va Urganch tumani Hokimi tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga chiroyli portfel va oʻquv qurollari toʻplamidan iborat “Prezident sovgʻasi” topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati








