Jizzax viloyati IIB rahbariyati Sharof Rashidov tumanidagi 12-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi
2025-09-03 09:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi 12- sonli oʻrta umumtaʼlim maktabi viloyat IIB otaligʻida.
Shu bois boshqarma boshligʻi mazkur taʼlim muassasasida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda ishtirok etdi.
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida oʻtgan tadbir davomida viloyatda taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, maktabning 1-sinfiga qabul qilingan bolalarga oʻquv qurollaridan iborat Prezident sovgʻalari topshirildi.
Soʻng viloyat IIB boshligʻi 11-sinf oʻquvchilariga Kelajak soat oʻtdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, viloyati IIB joriy mavsumda ushbu maktabning taʼmirdan chiqarilishiga yaqindan yordam koʻrsatdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









