Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Buxoro maktablarida taʼlim sifati va xavfsizlikni koʻzdan kechirdi
2025-09-02 11:15:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari Gʻijduvon tumanidagi 29-maktab hamda Shofirkon tumanidagi 13-maktablarda boʻlib, yangi oʻquv yiliga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishib, maktablarda taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv sinflarining holati, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmalarning holati hamda xavfsizlik talablariga rioya qilinishi oʻrganildi.
Tashrif davomida masʼullarga taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarning samarali bilim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Barcha aziz oʻquvchilarni yangi oʻquv yili va birinchi qoʻngʻiroq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi bilimlar, katta yutuqlar va omadlar hamisha yoʻldoshingiz boʻlsin!
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati







